Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik boʻlimi Telegram kanali maʼlumotiga koʻra, Rossiyaga vizasiz kelgan migrantlardan quyidagilar talab etiladi:

  • roʻyxatdan oʻtish;
  • shaxsiy maʼlumotlarni, shu jumladan geolokatsiyani kuzatishga rozilik berish;
  • Vaqtincha yashash manzili toʻgʻrisida IIVni xabardor qilish.

Agar uch kun ichida geolokatsiya maʼlumotlari taqdim etilmasa, migrant nazoratdagi shaxslar reyestriga kiritilishi mumkin (RKL).

Eksperimentda qoʻyidagi toifadagi shaxslar jalb etiladi:

  • patent bilan ishlayotganlar;
  • patentsiz ishlash huquqiga ega boʻlganlar (Belarus fuqarolaridan tashqari);
  • kirish maqsadini oʻzgartirganlar;
  • 90 kundan ortiq boʻlgan, lekin ishlamaydiganlar.

Majburiy shartlar:

  • Vaqtincha yashash manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtish;
  • daktiloskopiyadan oʻtish;
  • biometrik suratga olish;
  • geolokatsiyani kuzatish.

Mazkur tajriba muvaffaqiyatli oʻtsa, Rossiyaning boshqa hududlariga ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda.