Quyidagi tartib joriy etiladi:

-koʻchma sirklar tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir oʻtkazish uchun ruxsatnoma olish talab etilmaydi, bunda tadbir oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlari kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi;

-ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari mazkur tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yongʻin xavfsizligini toʻlov undirilmagan holda taʼminlaydi;

-davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar tomonidan tomosha tadbirlari oʻtkazish uchun ijara va boshqa turdagi toʻlovlar undirilmaydi;

-oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya, lapar) asrash va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatidan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.