1 sentyabrdan boshlab davlat ijtimoiy sug'urtasi doirasida tug'uruq va homiladorlik nafaqasi eng kam iste'mol xarajatlari hisobida to'lanadi. Agar xodimning ish stajida bir oygacha bo'lgan tanaffuslar bo'lsa, u holda uzluksiz ish stajini hisoblashda tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar hisobga olinadi.

 Kelgusida davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalarni to'lash "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Hujjatda 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo'lgan ayollarga, byudjet tashkilotlari bundan mustasno, oylik iste'mol xarajatlarining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda, davlat byudjeti mablag'lari hisobidan tug'uruq va homiladorlik nafaqalari to'lanishi belgilandi.