1-sentyabrga qadar Qozogʻiston yangi oʻquv yilini boshlashning uchta variantini tayyorlamoqda

    Ta'lim 13 Iyul 2020 1391

    Qozogʻiston Taʼlim va fan vazirligi yangi oʻquv yilini boshlashning uchta variantini koʻrib chiqmoqda, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    «Kazinform» xalqaro axborot agentligi vazir Asxat Aymagambetovning internet brifingiga asoslanib, birinchi varianti masofadan turib oʻqitish ekanligini aytmoqda.

    Ikkinchi variant esa aralashdir. Karantin cheklovlari asosidagi oʻqish hamda masofadan turib oʻqish joriy etiladi.

    Uchinchi variant qatʼiy sanitariya cheklovlari va muntazam rejim asosidagi oʻqishdir. “Bolalar kabinet tizimini cheklash asosida tahsil olishadi. Shu bilan birga ovqatlanish xonasiga kirish vaqtlari sinflarga qarab oʻzgartiriladi. Smenali oʻqish tartibi koʻrib chiqiladi”, deydi vazir.

    Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 12-iyul kuni ertalab Qozogʻistonda 1798 ta koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularning 1061 tasi klinik belgisiz. Respublikada jami 58253 ta holat aniqlangan boʻlib, ulardan 33814 tasi sogʻaygan.