Bu yilgi dastur doirasida yana 26,5 milliard dollar investitsiya boʻlishi, 1-sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha soʻzsiz ishga tushishi shartligi taʼkidlandi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻi hisobidan qurilayotgan yoʻl, suv, elektr boʻyicha 3-5-yillab choʻzilayotgan loyihalar borligi koʻrsatib oʻtildi.
Qayd etilganidek, logistika markazlari qurish uchun 2019-yilda Osiyo taraqqiyot bankidan olingan 197 million dollar boʻyicha qayta-qayta tender oʻtkazilishiga chek qoʻyilganida, hali boshlanmagan ishga 200 ming dollar qarz foizi toʻlanmasdi.
Suv, ekologiya va qishloq infratuzilmasiga jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha 6 million dollar qarz foizlari oʻz vaqtida taʼminlanganida, boshqa birorta loyiha kechikmasdi.









