Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2025-2026-oʻquv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun — 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlandi.
Agar fuqarolarda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar boʻlsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki Telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishi mumkin.








