Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziriligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan 2021-yil 10 - 11-aprel kunlari Termiz shahridagi “Alpomish” oʻyingohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Al Hakim At-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan anʼanaviy XV Xalqaro turniri oʻtkaziladi.

Turnirning ochilish va yopilish marosimlarida respublikaning taniqli madaniyat va sanʼat namoyandalari ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi turnir boʻlib oʻtadigan joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga mos boʻlishini, ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatilishini, mehmonxonalarda va mazkur turnir boʻlib oʻtadigan “Alpomish” oʻyingohida zarur tibbiy anjomlar, niqob, dori va antiseptik vositalari mavjud boʻlishini taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epedimiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadida:

– havo va temir yoʻl qatnovlari orqali Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan xalqaro turnir ishtirokchilari respublikaga kelish uchun havo yoki temir yoʻl qatnoviga roʻyxatdan oʻtishdan oldin soʻnggi 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatkichga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etishi lozimligi;

– avtoyoʻl chegara oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan xalqaro turnir ishtirokchilari soʻnggi 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatkichga ega deb topilgan maʼlumotnoma takdim etilganda yoki PZR natijasi boʻlmagan hollarda, chegara oʻtkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiritilishi inobatga olinadi.