energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan Sardoba suv ombori to'g'onining o'pirilishi va undan keyingi toshqinlar natijasida yuzaga kelgan gaz hamda elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarni qayta tiklash bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlik matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlariga Farg'ona, Andijon, Namangan va Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va “Hududgaz Sirdaryo” mas'uliyati cheklangan jamiyatining 330 nafar mutaxassisi, 76 ta avtotransport vositasi jalb qilingan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz quvurlarining shikastlangan qismlari va 2 ta gaz taqsimlash qurilmasi texnik soz holatga keltirildi. Natijada Sardoba tumani “Paxtaobod” shaharchasidagi 3 117 ta, Oqoltin tumanidagi 3 849 ta aholi xonadonlarida va shu hududlardagi mavjud 192 ta ulgurji iste'molchilarining tabiiy gaz ta'minoti to'liq tiklandi.
SHuningdek, favqulodda holat yuz berganidan so'ng viloyatning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari elektr tarmoqlari inventarizatsiyadan o'tkazildi. Birlamchi hisob kitoblarga ko'ra, to'rtta 35/10 kVli nimstantsiyalar, 106 ta tarnsformator punktlari 492,7 km elektr uzatish tarmoqlari suv toshqini ostida qolgan.
SHikastlangan elektr uskunalarini soz holga keltirish uchun quvvati 2500 kVA bo'lgan 2 ta transformator olib kelinmoqda, 500 dona temir beton tayanchlari, 24 tonna AS rusumli simlar, 73 km SIP mahsulotlari, 12 km kabel`, 54 dona transformator va 5,5 tonna transformator moyi jamg'arildi. Avariya holatlarini bartaraf etish Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda ruxsat etilgan hududlarda amalga oshirilmoqda.
Farg'ona, Andijon, Namangan va Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan zudlik bilan qilingan sa'y harakatlar natijasida 10200 dan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan ta'minlandi.
Toshqin oqibatida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.