баннер
26 Apr 2025
03:40

    10 dona “Iphone 16” va zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirmoqchi boʻlganlar ushlandi

    “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona komlpeksi xodimlari mobil qurilmalar va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirish holatlari fosh etildi.

    Qayd etilishicha, poytaxt aeroportida Dubaydan uchib kelgan yoʻlovchi 10 dona “Iphone 16” rusumidagi mobil qurilmalarni qadogʻi va aksessuarlarisiz olib kirishga uringan vaqtida toʻxtatib qolindi. Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan mazkur smartfonlarning umumiy qiymati 162 mln 500 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

    Xuddi shunday holat Abu Dabidan qaytgan yoʻlovchilardan biri bilan ham sodir boʻldi. Ushbu yoʻlovchi ham quti va qadoqlari olib tashlangan holatda qiymati 390 mln soʻmlik 24 dona “Iphone 16” rusumli telefonlarni olib kirishni koʻzlagan ekan.

    Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartiblarga koʻra respublikamizga olib kirilayotgan mobil qurilmalar yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilishi shart!

    Maʼlumki, havo yoʻllari orqali kirib kelishda jismoniy shaxslar oʻz ehtiyojlari uchun 2000 AQSH dollarigacha qiymatdagi tovar-moddiy boyliklarni bojxona toʻlovlarisiz olib kirishlari mumkin. Bunda ayrim tovarlarning cheklangan meʼyorlari mavjud. Masalan, qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metalldan ishlangan zargarlik buyumlaridan 65 gr.gacha olib kirishga ruxsat etiladi.

    Ammo, Goadan uchib kelgan yoʻlovchilardan birini ushbu meʼyorlar qoniqtirgan koʻrinadi. Ushbu shaxs olmos toshlari bilan bezatilgan 515 gr ogʻirlikdagi zargarlik buyumlarini yashil yoʻlak orqali olib oʻtayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi. Mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati esa 700 mln soʻmdan oshmoqda.

    Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech