Turkiyada zilziladan 248 soat o'tib qutqaruvchilar vayronalar ostidan qizni olib chiqishdi.

Qayd etilishicha, 17 yoshli Aleyna Olmez zilzilalardan birining o'chog'idan uncha uzoq bo'lmagan Qahramonmarashda qutqarib olingan. U jarohatlangan, biroq qutqaruvchilar uni topguniga qadar 10 kun dosh berishga muvaffaq bo'lgan, deb xabar beradi korrespondent.net.