10-martdan Toshkent shahrida isitish davri yakunlanadi

    Mamlakatimizda 6 Mart 2023 925

    Mart oyidan havo harorati isiganini inobatga olgan holda, 10-martan isitish davri yakunlanishi rejalashtirilyapti.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi «Kommunal xizmatlar koʻrsatishni tasdiqlash qoidalari toʻgʻrisida»gi 194-sonli qaroriga muvofiq, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

    Qarorga koʻra, isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8 darajadan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.

    Shundan kelib chiqib, mart oyidan havo harorati isigani va oʻrtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori boʻlayotganligini inobatga olgan holda, 2023-yil 10-martan 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganligini maʼlum qilamiz, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.