10 million dollarga baholangan eski guldon TSin sulolasiga tegishli ekan

    Fan 29 Iyun 2020 1773

    Markaziy Evropaning olis qishloqlaridan birida yashaydigan kampir 60 yildan beri javonida chang bosib yotgan eski guldonni baholash uchun san'at bo'yicha maslahatchi Yoxan Bosh van Rozentalni uyiga taklif qildi.

    Mutaxassis bu guldon Xitoyning tsin sulolasi imperatoriga tegishli bo'lganligini, keyinchalik SHarq kulolchilik buyumlari kollektsioneri Garri Gardnerda saqlanganligini darrov tushundi. Faqat hammayoqda mushuklar yugurib yurgan qishloq uyida bu darajada yaxshi saqlanganidan, to'g'risi, hayron qoldi.

    Van Rozental` «Sotheby's» kimoshdi savdosi uyining Osiyodagi vakili Nikolas CHou bilan bog'landi. U topilmaga shu darajada qiziqib qolganidan guldonni ko'rish uchun shaxsan o'zi Evropaga uchib keldi. ekspert guldonni ko'zdan kechirgach, uning haqiqiyligiga ishonch hosil qildi va uni 9-11,6 million dollarga baholadi.

    San'at bo'yicha maslahatchi guldon 1742 yilda yasalganini aniqlashga muvaffaq bo'ldi. U shaharda saqlangan: faqat imperator va saroy ahligina uning go'zalligidan bahramand bo'lishgan. Keyinchalik guldon bir necha marta auktsionlarda sotuvga qo'yilgan. YAqin vaqtlargacha yo'qolgan deb hisoblanardi.