10 ming dollargacha boʻlgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi

    Hukumat 7 Noyabr 2022 1883

    Yigʻilishda zargarlikda ham imkoniyatlar juda kengligi, mamlakatimizda 300 million dollarlik ichki bozor borligi taʼkidlandi.

    Bu talabni bemalol oʻzimizni mahalliy zargarlar qondirishi mumkin. Shu sababli ularni qoʻllab-quvvatlash uchun 1-dekabrdan boshlab:

    - oltin va kumushga kechiktirib toʻlash uchun barcha banklar va Eksportni ragʻbatlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi;

    - kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi;

    - oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi;

    - zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;

    - 10 ming dollargacha boʻlgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi (hozir 5 minggacha ruxsat berilgan).

    Tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qoʻqon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.