баннер
22 Mar 2025
02:54

    10 nafar voyaga yetmagan bola Qozogʻistondan Vatanga qaytariladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari xodimlari xorijda ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni Oʻzbekistonga qaytarish maqsadida xizmat safari bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligining xabar berishicha, ota-ona qaramogʻisiz qolgan 10 nafar, xususan, Atirau shahrida 1 nafar, Olmaota shahrida 8 nafar va Mangʻistau shahrida 1 nafar bola davlat yordamiga muhtoj boʻlib, ishchi guruh vakillari tomonidan ularni oʻz oilalari bagʻriga qaytarish rejalashtirilgan.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qaytarilayotgan bolalarning oilaviy muhitga qaytishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi IIV va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda xorijda qiyin vaziyatga tushgan bolalarni Vatanga qaytarish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech