1999-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari Butunjahon ilm-fan kuni bayramini joriy qilish haqidagi taklifni YUNESKOga yoʻllaydi. YUNESKO 2001-yilda ushbu taklifni maʼqulladi va 10-noyabr sanasini Butunjahon ilm-fan kuni deb rasman tasdiqladi, bu bayramning toʻliq nomi “Tinchlik va taraqqiyot yoʻlida butunjahon ilm-fan kuni” deb qayd etildi.
Bu bayramni joriy etishdan asosiy maqsadlardan biri jamiyat taraqqiyoti va tinchligi yoʻlida ilm-fan ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ilm-fan yoʻliga toʻgʻanoq boʻlayotgan muammolarga jamiyat eʼtiborini jalb etish va ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlashdir.
2020-yilda kun mavzusi — “Ilm-fan pandemiyaga qarshi kurashda jamiyat xizmatida”. Mazkur kunni nishonlash doirasida ushbu mavzuda davra suhbati tashkil etiladi.