10 oyda qancha fuqaroga pensiya tayinlangani maʼlum boʻldi

    Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida 250 616 nafar fuqarolarga yangi pensiyalar tayinlangan.

    Shundan:

    — 197 832 nafar fuqarolarga yoshga doir pensiya;
    — 37 388 nafar fuqarolarga nogironlik pensiyasi;
    — 15 396 ta oilaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlandi.