Xususan:
- 2025-yilning yanvar — avgust oylarida 1452 obyekt xatlov qilindi;
- 174 ta tungi reyd tadbiri oʻtkazilib, 281 ta qonun buzilish holati aniqlandi;
- 154 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 ta obyekt faoliyatini vaqtincha toʻxtatish haqida sudga ariza kiritildi;
- 179 ta qonun buzilish holati bartaraf etildi;
- 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari oʻrnatildi.
Shuningdek, har bir yirik sanoat korxonasi hududi va qoʻshni hududlarda “Yashil belbogʻ”lar barpo etilmoqda. Shu maqsadda 2025-yilda yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va boshqa 1–2-toifaga mansub 60 ta korxona tomonidan 200 ming tup daraxt va buta koʻchatlari ekilishi rejalashtirildi. Bahorgi mavsumda 79 490 tup koʻchat ekildi.
Bundan tashqari, yar yili ikki bosqichda oʻtkaziladigan “Toza havo” oyligining birinchi bosqichida (10-aprel – 10-may) Toshkentda 40 050 ta avtotransport vositasi tekshirildi. Ularning 586 tasida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori meʼyordan ortiqligi aniqlanib, belgilangan tartibda kamchiliklar bartaraf etildi. .
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida atmosferaga 4,7 ming tonna zararli tashlamalar chiqarilishining oldi olindi.
10-sentyabrdan Toshkentda «Toza havo« oyligining ikkinchi bosqichi boshlandi va 10-oktyabrgacha davom etadi.