10 yoshli oʻquvchi qiz yigirmadan ortiq davlatdan kelgan iqtidorli yosh musiqachilar oʻrtasida oʻzbek milliy cholgʻu sanʼatini mohirlik bilan namoyish etdi. “Dutor” yoʻnalishi boʻyicha oʻzbek milliy kuylaridan “Rohat” va “Lazgi” popuri kuylarini ijro etdi.
Charos dutor chalish sirlarini ustozi, Xalq taʼlimi aʼlochisi Muhabbat Shodiyevadan oʻrganish uchun Termiz shahridan Sherobodga qatnaydi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov koʻmagida xalqaro tanlovida ishtirok etgan iqtidorli oʻquvchi oʻz ijrosi bilan barcha ishtirokchilar tahsiniga sazovor boʻldi.