Maʼlumki kuni kecha Prezidentimiz “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorlik bildirish toʻgʻrisida”gi farmoyishni imzoladi.

Davlat rahbarining tarixiy muloqoti oldidan ana shu farmoyishga koʻra “Eng koʻp ish joylari yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi soliq toʻlovchi” va “Eng yaxshi eksportyor” sifatida eʼtirof etilgan 100 nafar tadbirkorga Prezidentimiz nomidan minnatdorlik xatlari topshirildi.