Kuni-kecha Yashnobod va Yunusobod tumanlarida ham ana shunday xayriya tadbirlari bo'lib o'tdi.  

— Yashnobod tumanidagi 52-sonli maktabda tahsil olayotgan 21 nafar imkoniyati cheklangan bolajonlarga sovg'a-salom ulashdik, — deydi fondning Toshkent shahar bo'limi raisi A.Dalaboyev. — Bu g'amxo'rlik va e'tibordan ularning ko'ngillari tog'dek ko'tarildi. Hayotga bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlandi.  

Kunning ikkinchi yarmida Yunusobod tuman ko'zi ojizlar jamiyati ro'yxatida turuvchi yana 96 nafar fuqaroga ham 17 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari beminnat yetkazib berildi.

Ta'kidlash kerak, “Mahalla” xayriya jamoat fondi joriy oy boshidan buyon imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz hamda “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yashovchi vatandoshlarimiz holidan xabar olib, ularga xayriya yordamlarini ko'rsatib kelmoqda. Xayriya tadbirlari dekabr oyining so'nggiga qadar davom etadi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati