2021-yilning 17-fevral kuni Kadastr agentligi, Zangiota tuman boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Azamat Adilovga yengil tipdagi issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonining topografik syomkasini tasdiqlab berish evaziga 1000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilingan.
Boʻlim boshligʻi pora taklif qilayotgan fuqaro toʻgʻrisida Zangiota tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan va fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlari fosh etilgan.
Bugun yuqoridagi tashabbuskor xodim Kadastr agentligining Toshkent viloyatidagi barcha rahbar va xodimlar ishtirokida 10 million soʻm pul mukofoti hamda Xonobod sihatgohiga 2 kishilik yoʻllanma bilan ragʻbatlantirildi.
Ushbu holat yurtimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurashning kichik bir namunasidir.