Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2025-yilning soʻngiga qadar “103” tasarrufida mavjud “Damas” rusumli va xizmat muddatini oʻtagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish belgilangan.
Bugun avtoulovlar hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib, mavjud ehtiyojga koʻra taqsimlandi.
Jarayonlarda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etdi. Taʼkidlandiki, ushbu soʻnggi avlod tez tibbiy yordam mashinalari viloyatda tibbiy xizmat sifati va qamrovini yanada kengayishi, chaqiruvlar vaqtini qisqarishiga imkon beradi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.