Bu haqda Qashqadaryo viloyati MIB axborot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, byuroning Qarshi shahar boʻlimi ish yurituviga Fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining 06.06.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor М.E.dan "Kapital 24 chakana biznes filiali" foydasiga 9 mln. 964 ming soʻm qarzdorlikni undirish yuzasidan ijro hujjati kelib tushdi.
Bundan tashqari qarzdorning boʻlim ish yurituvida 105 ta toʻlanmagan maʼmuriy jarimalari boʻlib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli garovdagi avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 19-iyul kuni qarzdorning yashash xonadoniga MIB xodimlari borganda qarzdor va uning yaqin qarindoshlari tomonidan ijro harakatlariga qarshilik koʻrsatish, uyda boʻla turib darvozani ochmaslik holatlari kuzatildi.
Salkam 5 soat davom etgan ijro harakatlari natijasida tegishli tashkilotlar ishtirokida avtotransport vositasi uyda ekanligi aniqlanib, xatlandi.
MIB tomonidan qarzdorga jarimalarni 10 kun muddat ichida toʻlashi, aks holda, xatlangan mulk elektron auksion savdosiga chiqarilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi va holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.