108 mamlakat fuqarolari Oʻzbekistondan uy sotib olishi mumkin

    Urbanizatsiya 14 Iyul 2022 2016

    Hukumat qarori (384-son, 13.07.2022-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxati tasdiqlandi.

    Qonunchilikka koʻra, xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmasdan, quyidagi yangi koʻchmas mulklarni sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilgan:

    Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari;

    boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari.