Bosh prokuratura huzuridagi Departametning Konimex tuman bo'limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.A.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari O'.T. fuqarolarni ish bilan ta'minlash maqsadida ajratilgan jami 109,2 million so'm subsidiya mablag'ini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.