“1094” qisqa raqami — Prezidentga murojaat yoʻllash imkoni

    Joriy yilning 20-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yana biznes egalari bilan uchrashishi kutilmoqda.

    Bu haqda Oʻzbekiston Savdo sanoat palatasining telegram kanalida xabar berildi.

    Taʼkidlanishicha, ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash boʻyicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.

    Joriy yil 20-iyuldan 31-iyulgacha faoliyatingizga bogʻliq masala, biznesingizni kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan gʻoya va takliflar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish mumkin.

    Buning uchun biznes egalari duch kelayotgan muammo va takliflarini 24/7 rejimida 1094 qisqa raqami va taklif2022.uz portali orqali yoʻllashi mumkin.

    “Sizning murojaatingiz mamlakatimiz taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim va bu imkoniyatni boy bermang! Faol boʻling!”, deyiladi xabarda.