Vodiy viloyati aholisi hattoki mazkur kunlari qor boʻron hodisalariga ham guvoh boʻlishi mumkin. Respublikaning boshqa qismlarida kelayotgan besh kunlikda yogʻingarchilik kutilmalari mavjud emas.

11-dekabr kuniga qadar respublika hududlarida gʻayritabiiy sovuqlik saqlanadi. Oʻzgidromet prognozlarida 9-dekabrdan boshlab respublikaning juda katta qismida tunlari havo harorati -10 daraja, shimolda -20 darajagacha pasayish kutilmalari keltirilmoqda.

Joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda muzlamalar kutiladi. Kunduz kunlaridagi havo harorati ham maksimal nol daraja atrofida.

Mazkur gʻayritabiiy sovuqlik toʻlqin kutilmalaridan kelib chiqib, barcha tarmoqlar oʻz yoʻnalishida kelayotgan 5-6 kunlikda sovuqning salbiy oqibatlarini kamaytitirish maqsadida puxta rejalar ishlab chiqishi va uni amalda qoʻllashi tavsiya etiladi.