Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati

Havo bir oz bulutli boʻladi, 11-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 12—13-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 11-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat 11-oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja; 12-oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 13-oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari

Havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 11—12-oktyabrda Navoiy viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 11-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat 11-oktyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja; 12-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 13-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari

Havo bir oz bulutli boʻladi, 11-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 12-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat 11-oktyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 12-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 13-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 13-oktyabrda Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat 11—12-oktyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 13-oktyabrda 22-27 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari

Havo bir oz bulutli boʻladi, 11—12-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 13-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmayd. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat 11-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 12—13-oktyabrda 20-25 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.