Bugungi kunda mamlakatimizda 50 ga yaqin toʻlov tizimi boʻlib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi qayd etildi.
Noyabr oyida IT vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha Prezident qarori imzolandi.
Mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron toʻlov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qatʼiy nazorat qilish topshirildi.
Umuman, IT xizmatlari hajmini 20 trillion soʻmga, eksportni 800 million dollarga yetkazish, tarmoqlarda 130 ta axborot tizimini joriy qilish va 750 ta davlat xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish borasidagi rejalarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Yigʻilishda vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimlarning hisoboti tinglandi.