11 oyda tijorat maqsadida 61,1 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga kelgan

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 61,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

    Oʻzbekistonga joriy yilning 11 oyida tijorat maqsadida eng koʻp tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari:

    Turkmaniston – 39 342 nafar;

    Tojikiston – 13 474 nafar;

    Turkiya – 947 nafar;

    Xitoy – 916 nafar;

    Janubiy Koreya – 563 nafar;

    boshqa davlatlardan – 5 824 nafar.