11 yashar qizni muntazam zoʻrlab kelgan “oʻgay ota” qoʻlga olindi

    Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan boyaga yetmagan qizni zoʻrlagan erkak qoʻlga olindi.

    Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar qildi.

    Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K. rad etib boʻlmas dalillar bilan qoʻlga olingan boʻlib, unga nisbatan JKning 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Maʼlumotga koʻra, erkak bloger niqobi ostida qonuniy xotini boʻla turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni oʻziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zoʻrlab kelgan.