“112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

    Dolzarb 30 May 2024 935

    Bu to'g'risida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

    Qarorga ko'ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro'y berganda shoshilinch yordam ko'rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.


    “112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta'minot” aktsiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini ma'lumotlarni uzatishning yagona tarmog'iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo'yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko'rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.