11,4 mlrd soʻmlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda oʻtkazilishining oldi olindi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning aprel may oylarida jami 11,4 mlrd soʻmlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

    Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan:

    • Oʻzyoʻlkoʻprik klasterining Navoiy filialining 2,0 mlrd soʻmlik;
    • “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJning 1,97 mlrd soʻmlik;
    • Kasbi tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 813,5 mln soʻmlik;
    • Kattaqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish korxonasining 600 mln soʻmlik;
    • Toʻrtkoʻl tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 433 mln soʻmlik;
    • Toshkent viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya markazining 405 mln soʻmlik;
    • Termiz davlat pedagogika institutining 383,1 mln soʻmlik;
    • Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlimining 250,5 mln soʻmlik;
    • “Namangan suv taʼminoti” MCHJning 240,8 mln soʻmlik;
    • Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Qashqadaryo viloyati chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatining 210 mln soʻmlik;
    • Taxiatosh tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 161,2 mln soʻmlik;
    • Toshkent shahar 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 140,4 mln soʻmlik;
    • Urgut “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyining 117,6 mln soʻmlik;
    • Narpay tumani sport maktabining 108,6 mln soʻmlik;
    • Ishtixon davlat oʻrmon xoʻjaligining 100 mln soʻmlik;
    • Uchqoʻrgʻon tuman obodonlashtirish boshqarmasining 61 mln soʻmlik davlat xaridlari.

    Shuningdek, quyidagi davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda oʻzaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi:

    • Amudaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasining 946 mln soʻmlik;
    • Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialining 720 mln soʻmlik;
    • Moʻynoq tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasining 627 mln soʻmlik;
    • “Oʻzbektelekom” AKning 494,9 mln soʻmlik ;
    • Bolalar milliy tibbiyot markazining 312 mln soʻmlik;
    • Navoiy viloyat sport boshqarmasi Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 167 mln soʻmlik;

    Yuqorichirchiq tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 160 mln soʻmlik davlat xaridlari.

    Yuqoridagi holatlar boʻyicha Agentlikning taqdimnomalari asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, koʻrsatib oʻtilgan davlat xaridlari qonunga xilof ravishda oʻtkazilishining oldi olindi.

    Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.