Qayd etilishicha, mahallalarda profilaktika inspektori lavozimi boʻyicha qoʻshimcha 2 573 ta shtat birligi joriy etilib, barcha fuqarolar yigʻinlarida ularning toʻliq faoliyat yuritishi taʼminlangan.

Shuningdek, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan 2 450 ta qizil hududga Milliy gvardiya xodimlari biriktirilgan.

“Ijtimoiy profilaktika” tizimining profilaktik tadbirlari natijasida 9 216 ta mahallaning 6 542 tasida (71%) jinoyat sodir etilishining oldi olindi, 790 tasida esa jinoyatchilik kamayishiga erishildi.

Zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 11 070 nafar xotin-qizga himoya orderi berildi. Jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha 569 615 ta obyektga videokuzatuv kameralari oʻrnatilishi tashkil etildi.

Mahalla xodimlari tomonidan 118 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 869 ta jinoyat ular tomonidan fosh etildi.

2509 nafar shaxslar reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi. 2 957 nafar qarovsiz voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga joylashtirildi.

Profilaktik hisobda turgan 423 nafar ayolga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta tiklashda koʻmak berildi.

Nizoli oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish borasidagi ishlar natijasida 3 756 ta oilaning notinchligiga barham berilib, 1 330 ta oilada ajrimlarning oldi olindi.