12-aprel kuni respublikamiz hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qilindi

    Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, joylarda havo bir oz bulutli boʻlib, vaqti-vaqti bilan ozroq yomgʻir yogʻadi.

    Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi ertaga, 12-aprel kuni respublikamiz hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

    Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻlib, vaqti-vaqti bilan ozroq yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi, 12-14 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 19-21 daraja boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda bir oz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 20-2 daraja boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, kechga tomon bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchish xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.