12 maydan boshlab kuchli magnit bo‘roni kutiladi

    Dolzarb 12 May 2021 2189

    Odatda aynan may oyida insoniyatni juda ko‘p va davomiy magnit bo‘ronlari kutadi. Ularning eng kuchlilaridan biri bu yil kutilyapti.

    Bashoratlarga qaraganda, bo‘ronning boshlanishi joriy yil 12-mayga to‘g‘ri keladi ekan va 17-mayga qadar davom etishi mumkin ekan. Uning eng kuchli payti 2021-yil 13 va 14-maylarga to‘g‘ri keladi ekan. Zarba kuchi bu payti 6 ballni tashkil etadi. Boshqa vaqtlari to‘rt balgacha o‘zgarib turadi ekan.

    Sog‘ligi meteorologiyaga bog‘lik kishilarga oson bo‘lmaydi. Undaylar o‘zini noxush his etishi mumkin. Masalan, bosh og‘rig‘i, qon bosimining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi kuzatilishi mukin. Bu paytlari bundaylar o‘z sog‘ligiga alohida e’tibor qaratishi, qon bosimi ko‘rsatkichlarini kuzatib borishi lozim bo‘ladi.

    Asabiylashish, tez jahl chiqishi va loqaydlik kuzatilishi mumkin. Unday shaxslar kofe ichmagani ma’qul. Giyohli choylar esa aksincha yengillik berishi mumkin. Toza havoda sayr qilib, sakkiz soatlik uyqu rejimini ushlashlari kerak bo‘ladi.

    Magnit bo‘roni tufayli odamlar tez charchashi mumkin. Jismoniy zo‘riqishlardan, shuningdek, qattiq diqqat-e'tibor talab etiladigan ishlardan o‘zini tiyish tavsiya etiladi, deb xabar beradi «Belta».