12-oktyabrdan Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanadi

    Urbanizatsiya 8 Oktabr 2021 800

    Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 2021-yil 12-oktyabrdan ijtimoiy soha obyektlarini isitilishi boshlanadi.

    14-oktyabrdan koʻp qavatli turar joy binolari muntazam isitishga oʻtkaziladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

    Oʻtgan yilgi isitish mavsumi 15-oktyabrdan boshlanib, aprel oyining boshiga qadar davom etgan edi. 2019-yilda esa 25-oktyabrdan 20-aprelga qadar...