Maʼlum qilinishicha, matematika boʻyicha Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida ilk bor oʻquvchi qiz Sevara Ostonova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Sevara 7-sinfdan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib keladi. 2017-yili Hindistonning Lakxnau shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etib, individual oltin jamoaviy kumush medal sohibi boʻldi. 2018-yil Sevara Ozarbayjonning Baku shahrida matematika, kimyo, fizika fanlari boʻyicha oʻtkazilgan olimpiadada kumush medali bilan taqdirlandi.
Soʻnggi bor bundan 12 yil avval 2009-yilda Samarqandlik akademik litsey oʻquvchisi Salimova Diyora matematika fan olimpiadasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.