Xalq ta’limi vazirligi hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID hamkorligida 7-8-noyabr kunlari xalqaro ekspertlar Karon Harden va Nazgul Kabilbayeva ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Bloom Library platformasi orqali sinfdan tashqari o‘qish uchun elektron kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish hamda ularni taqrizlash masalasi ko‘rib chiqilyapti.
Loyiha doirasida o‘quv yili yakunida 120 dan ortiq elektron adabiyotlar majmuasi o‘zbek tilida ishlab chiqiladi. Kelajakda mazkur kitoblar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun sinfdan tashqari o‘qishda manba sifatida xizmat qiladi.
Mazkur seminar Respublika ta’lim markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.