Bundan tashqari 6 ta uyda yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shoxrux Gʻiyosov fuqarolarga murojaatida maʼlum qildi.
Unga koʻra, mamlakat boʻylab 12 mlndan ziyod pirotexnika mahsulotlari musodara qilindi, 258 kishi maʼmuriy va 17 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi. Yana 1048 ta fakt boʻyicha hujjatlar sud va boshqa organlarga qonuniy choralar koʻrish uchun yuborilgan.
2010-yil 22-sentyabrdagi qonun bilan mamlakatda pirotexnika vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ishlatish, shuningdek noqonuniy olib kirish, eksport qilish yoki sotish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik joriy etilgan.