Aholi va tadbirkorlarga “xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Xususan, 120 turdagi hujjatlarni talab qilish, 160 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi.
Natijada 200 mingga yaqin yangi tadbirkorlar bozorga kirib keldi. Chet el ishtirokidagi korxonalar qariyb 5 karra oshib, 23 mingga yaqinlashdi. Elektron davlat xizmatlari soni 15 karra ortib, 721 taga yetdi, ulardan foydalanuvchilar esa 11 milliondan oshdi.
«Oldingi 25-yil davomida bu tushunchalar bizga yot edi. Koʻrib koʻrmaslikka olinardi. Bularni hech biri oʻzidan-oʻzi boʻlgani yoʻq. Hammasiga mashaqqatli mehnatimiz bilan erishdik.
Eng muhimi – bularning hisobiga aholi, tadbirkorlar, xorijiy hamkorlarimiz, xalqaro tashkilotlar va investorlarning islohotlarimizga ishonchi mustahkamlandi.
Soʻnggi yetti yilda 120 milliard dollardan ortiq investitsiya kirgani, iqtisodiyotimiz 2 karra oʻsib, oʻtgan yili 115 milliard dollarga yetgani buning yaqqol isboti emasmi?», — dedi Prezident.