Fargʼona viloyati Buvayda tumanining Qoraqum mahallasida istiqomat qiluvchi 126 yoshli Huvaydo Umarova oʼzi yura olmasligi sababli 470-saylov uchastkasi komissiyasidan saylovni xonadonida tashkil etishni iltimos qildi.
470-saylov komissiyaning 2 nafar aʼzosi koʼchma saylov qutisi bilan Huvaydo ayaning xonadoniga borishdi. Ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etgan holda oʼzi tanlagan munosib nomzodga birinchilardan boʼlib ovoz berdi.