Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati bugun, 16-dekabrda 13 yurtdoshimiz BAAning “APLEONA SAM FACILITY MANAGEMENT LLC SANED” kompaniyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun charter reys orqali joʻnab ketgani haqida xabar berdi.
Mehnat migrantlarining transport, ovqatlanish, hujjatlarni rasmiylashtirish, kasallik aniqlangan taqdirda davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanishi belgilangan.
Yurtdoshlarimiz BAAdagi turli obyektlarni qoʻriqlash xizmatiga (security) jalb qilinishi aytilmoqda.