13 may: Vazirlar Mahkamasi bir kunda 8 ta hujjat qabul qilingan

    Ijtimoiy hayot 13 May 2020 1166

    13 raqamini ko'pchilik omadli raqam hisoblaydi va bunga ishonadi ham. Aslida raqamlarning bog'liqligini izlanishlar bilan bog'lash o'rinlidir.

    2019 yilning 13 may sanasida, ya'ni o'tgan yili, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 8 ta qaror qabul qilingan ekan. 2017-2018 yillarning 13 may sanasida esa, bitta ham qaror qabul qilinmagan. Biz sayt a'zolari e'tiboriga, o'tgan yilgi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini yana bir marta havola etmoqdamiz. CHunki, bu qarorlar negizida mamlakatimizda keng ko'lamli, izchil ishlar amalga oshirilmoqda. YAna shuni alohida qayd etmochimizki, bir kunda 8 qarorning qabul qilinishi, e'tiborga molik ish. Zero, har qanday qaror zamirida, katta mehnat mujassam.

    1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida.

    2. “Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

    3. Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida.

    4. Mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida.

    5. Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to'g'risida.

    6. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari bo'yicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati o'tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

    7. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas'uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son, "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida" 2019 yil 1 fevraldagi PF-5650-son farmonlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to'g'risida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son qarori).

    8. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat tibbiyot muassasalari va sog'liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag'batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018 yil 7 noyabrdagi PQ-4007-son qarori).