13-oktyabrdan havo soviy boshlaydi

    “Oʻzgidromet” agentligi 13-oktyabrdan 17-oktyabrgacha ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabariga koʻra, shu yilning 13-oktyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 14-17-oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

    13-17-oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

    13-15-oktyabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi.