Maʼlumotlarga koʻra, oldindan olingan maʼlumotlarga asosan harakatlangan tezkor guruh xodimlari Buxoro shahridagi xususiy dorixonalardan birini xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda 13 turdagi 2 604 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan tabletkalar va 32 turdagi 250 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari sotish maqsadida saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur dori vositalari ashyoviy dalil sifatida saqlovga olingan boʻlib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.








