Toshkent viloyati IIBB YHXBning xabar berishicha, 2012-yilda tugʻilgan bolaga rul chambaragini tutishga ruxsat bergan “Li L9” rusumli avtotransport vositasining qonuniy egasi aniqlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, bolakayga uning dadasi rul chambaragini bergan va ushbu holatni oʻzi tasvirga olgan. Soʻng esa videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Hozirda avtotransport egasiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan va mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.