Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Toshkent shahar yoʻlovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamdayoʻnalishlar tarmogʻini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida, 2021-yil 1-fevraldan boshlab, 133-sonli “Sergeli 4-daha - Sergeli 6A-daha” avtobus yoʻnalishining harakati yopilmoqda.

Mazkur yoʻnalishdan foydalanayotgan yoʻlovchilar endilikda oʻz manzillariga yetib olish uchun 8, 38, 40, 59, 130-avtobus yoʻnalishlaridan foydalanishlari mumkin.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati