1/4 finalga qaysi mamlakat bokschilari koʻproq yetib keldi?

    Eng koʻp Kubadan – 12 bokschi!

    Kecha Toshkent mezbonligidagi boks boʻyicha jahon chempionatining toʻqqizinchi kuni doirasidagi janglar boʻlib oʻtdi. Bugun esa musobaqaning chorak final bahslari boʻlib oʻtmoqda. Tabiiyki, ushbu bosqichda qaysi mamlakat bokschilari koʻproq ishtirok etayotgani koʻpchiligimizni qiziqtiradi.

    Bu borada Kuba peshqadam boʻlsa, undan keyingi oʻrinni Oʻzbekiston egallagan. Kuchli beshlikdan shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston va Ispaniya ham joy olgan. Jumladan, toʻliq roʻyxat quyidagicha:

    Kuba - 12

    Oʻzbekiston - 11

    Rossiya - 8

    Qozogʻiston - 7

    Ispaniya - 6

    Fransiya, Gruziya - 5

    Iordaniya, Tojikiston, Bolgariya - 4

    Qirgʻiziston, Hindiston, Braziliya, Armaniston - 3

    Yaponiya, Venesuela, Tailand, Moʻgʻuliston, Xitoy, Ozarbayjon, Zambiya, Meksika - 2

    Xitoy Taypeyi, Shotlandiya, Avstraliya, Xorvatiya, Vengriya, Belarus, Kolumbiya, Gana, Italiya va Avstriya mamlakatlaridan 1 nafar bokschi 1/4 finalga yetib kela oldi.