1,4 million litr mazut ortilgan tanker Filippin yaqinida cho'kib ketdi

    Filippin qirg'oqlari yaqinida 1,4 million litr mazut ortilgan tanker cho'kib ketdi. Kemadagi 17 kishidan 16 nafari qutqarildi. Bu haqda Frans Press xabar berdi.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, hodisa payshanba kuni sodir bo'ldi, kema Manila yaqinida ag'darildi va cho'kib ketdi.

    “Biz kemadagi 17 kishidan 16 nafarini qutqarishga muvaffaq bo'ldik, bir kishi bedarak yo'qoldi”, deya Filippin transport vaziri Xayme Bautistaning bayonotidan iqtibos keltiradi agentlik.

    Mahalliy hokimiyat suvga tushgan yoqilg'ini bartaraf etishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi ria.ru.